Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh U20 turnirining "S" guruhida Portugaliya yoshlari birinchi o‘rinni egalladi
Yoshlar o‘rtasida jahon chempionatining "S" guruhi vakillari guruh bosqichini yakunladi. Uchinchi turda Kolumbiya va Portugaliya o‘rtasida kechgan uchrashuvida portugallar 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘rinni kafolatlashdi. Kolumbiyaliklar mag‘lubiyatga uchraganiga qaramay, ikkinchi o‘rinda qoldi.
Kolumbiya - Portugaliya 1:3 (0:1)
Gollar: Borre (74) - Nunu Santos (3), Andre Silva (55-pen, 67).
Senegal va Qatar o‘rtasidagi uchrashuvda esa afrikalik yoshlar osiyoliklar ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Qatarliklar birinchi bo‘limda Afifning penaltidan urgan goli evaziga oldinga chiqib olgandi, lekin ikkinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yuborishdi. To‘rt ochko bilan uchinchi o‘rinda qolgan senegalliklar ham keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qolishgan.
Senegal - Qatar 2:1 (0:1)
Gol: Silla (76), Kone (81) - Afif (17-pen)