Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 17:03 / 06.06.2015
2334
2 daqiqa o‘qiladi
Maldini Messining Maradona darajasidan o‘zib ketganini aytdi
Italiyalik afsonaviy himoyachi Paolo Maldini YeChL finali oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men o‘z faoliyatimda sakkiz marta bunday darajadagi o‘yinlarda maydonga tushganman. Har safar bu sovringa erishish uchun so‘nggi imkoniyatdek tuyular edi. Final bosimi ostida kulguli xatolarga yo‘l qo‘yishing mumkin. Bunday o‘yinda g‘alaba qozonish uchun sovuqqon murabbiy va sardor kerak bo‘ladi.
Ularning o‘rni jamoaning boshqa a'zolarining hayajonini bosib olishida muhim o‘rin tutadi. "Yuventus" tarkibidagi Pirlo, Buffon va Teves shu vazifani bajarishi talab qilinadi.
Messi esa o‘yin taqdirini bir o‘zi hal qila oladigan futbolchi. Menimcha u allaqachon Maradona darajasidan o‘sib ketdi. U juda yuqori texnika va tezlikka ega, lekin "Yuventus" ham dunyodagi eng kuchli himoya chizig‘iga ega jamoalardan biri hisoblanadi.
Turinliklarda ham g‘alaba uchun imkoniyat mavjud. Buffon bunday g‘alabaga hammadan ko‘ra haqli. Men uni oxirgi 30 yillikning eng zo‘r darvozaboni sifatida bilaman", deydi Maldini Gazzetta dello Sport nashriga bergan intervyusida.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish