Jahon | 00:59 / 06.06.2015
2428
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada kurd partiyasi tarafdorlari namoyishida portlash sodir bo‘ldi

Turkiyaning Diyorbakir shahrida Xalq-demokratik partiyasi namoyishi paytida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bemoqda TASS. Oqibatda kamida 153 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda shahar sog‘liqni saqlash departamenti.

“153 kishi jarohat oldi, ulardan 25 nafarining ahvoli og‘ir, ularning hayoti xavf ostida qolmoqda”, deb aytilmoqda departamentda.

Olingan jarohatlardan ikki kishi, jumladan, 16 yoshli o‘smir halok bo‘ldi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash namoyish o‘tayotgan maydonda joylashgan transformator podstansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan.

Ayni paytda namoyishchilar voqea joyida qolib, aybdorlarni topishni talab qilishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish