Sport | 18:39 / 06.06.2015
2128
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainaning bosh stadionida panjaralardan iborat to‘siqlar barpo etiladi

Ukrainaning bosh stadioni hisoblanadigan Kiyevning “Dinamo” klubi uy maydoni bo‘lmish “Olimpiyskiy” stadionida maydon bilan tribunalar o‘rtasida to‘rlar va panjaralardan iborat to‘siqlar barpo etiladi. Bu haqda “Futbol “ telekanaliga Ukraina futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Igor Kochetov ma'lum qildi.

“Klub o‘zining haqiqiy muxlislariga rahmat aytadi. “Olimpiyskiy”da to‘rlar va panjaralardan iborat to‘siq barpo etiladi. Buni amalga oshirishimizga shubham yo‘q. Biz buni keyingi mavsum boshlangunga qadar amalga oshirishimiz shart. Ukraina Chempionlar Ligasi finalini o‘tkazish uchun nomzodini taklif qilmoqchi. Biroq bu masala hal bo‘lishidan avval biz bu finalni o‘tkaza olishimizni isbotlashimiz kerak”, deb aytmoqda Kochetov.

UFF bunday choralarni qabul qilishiga 4 iyun kuni Ukraina kubogi finalida Kiyevning “Dinamo” jamoasi va Donetskning “Shaxtyor” jamoasi o‘rtasidagi uchrashuv tugashi bilan boshlangan betartibliklar sabab bo‘ldi. Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobida tugagan, penaltilar seriyasida “Dinamo”ning 5:4 hisobida qo‘li baland kelib, mamlakat kubogini qo‘lga kiritgan edi. O‘yin tugagandan keyin kiyevliklarning yuzlab muxlislari to‘siqlardan o‘tib, maydonga yugurib chiqishgan. Ba'zilar darvozaga yugurib borib, unga osilib, itarib, natijada ag‘anatib yuborishgan. Bundan tashqari, muxlislar maydon styuardlariga ham hujum qilishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish