Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Putin o‘z taqdiridan rozi ekanini aytdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘z hayotidagi barcha ishlardan rozi ekani va shuning uchun o‘zini baxtli his qilishini aytib o‘tdi.
"Ko‘rinishidan yaratguvchi mening hayotimda barchasini to‘kis qilib yaratgan", deydi Putin Italiyadagi tashrifi chog‘ida Corriere della Sera nashriga bergan intervyusida.
U jurnalistlardan birining "Siz baxtlimisiz" qabilidagi qisqa savoliga "Xudoga shukrki, ha" deya qisqagina javob bergan.
O‘z navbatida undan qaysi imperatorga havas qilishlarini so‘raganida, bu savolni ochiq qoldirgan.
"Menga bu savolni tez-tez berishadi. Lekin bu savolga javob berishga uyalaman. Axir kimnidir kumir qilish yoshida emasman", deydi Putin.
"Men mamlakatni bugungi kun talablari bo‘yicha boshqarayapman, xalqaro maydonda ham ichki siyosatda ham zamon talabiga binoan ish tutishga harakat qilayapman. Rossiya tarixida ham, Yevropa tarixida ham ko‘plab kuchli siyosatchilar o‘tgan, ammo ular o‘z davri uchun kuchli. Ular o‘z davrlari sharoitlarida yashashgan va ishlashgan", deydi Rossiya rahbari.
"Eng muhimi - o‘zingga va senga ishongan kishilarga nisbatan halol munosabatda bo‘lishdir", deb o‘z fikrlarini bayon etadi Vladimir Putin.