Jahon | 19:45 / 07.06.2015
3109
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada G7 sammiti boshlandi

"Katta sakkizlik" davlatlari rahbarlari G7 sammitida ishtirok etish uchun Germaniyaning Elmau qo‘rg‘onida yig‘ilishdi. Bu haqda TASS nashri xabar bergan.

Qayd qilinishicha, Germaniya, Fransiya, AQSh, Kanada, Yaponiya, Italiya va Buyuk Britaniya davlatlari rahbarlari ushbu sammitda iqtisodiy o‘sish, iqlim, siyosiy xavfsizlik va sog‘liqni saqlash masalalarini muhokama qilishadi. Sammit 7-8 iyun kunlari davom etishi belgilangan.

Biroz oldinroq, Yevropa kengashi rahbari Donald Tusk bu yig‘ilishda Rossiyani ham ko‘rishni xohlashini aytib o‘tgandi

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish