Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama G7 sammitini pivoxonada o‘tkazishni taklif qildi
AQSh prezidenti Barak Obama “Katta yettilik” sammitiga Germaniya kansleri Angela Merkel hamrohligida ketayotganida Kryun shahridagi pivoxonaga kirib o‘tdi, db xabar bermoqda NBC News telekanali.
An'anaviy bavar kiyimlari kiyib olgan mahalliy aholi vakillari AQSh yetakchisini kutib olishgan. Obama ular bilan suhbati chog‘ida o‘z kostyumini esidan chiqarib qoldirganini aytib, Germaniyadan yangisini sotib olishi imkoni borasida qiziqib ko‘rgan.
Shundan keyin Obama Merkel bilan birga Kryunninng markazidagi stolchalardan biriga o‘tirib, pivo iste'mol qilishgan. Obamaga shuningdek, ustiga yirik tuz sepilgan bavar teshikkulchalari bilan mehmon qilindi.
“Afsuski, sammit bino ichida o‘tkaziladi. Biz shu ajoyib maydonda o‘tirishimiz va pivo ichishimiz mumkin edi!” deb aytdi Obama.
AQSh prezidenti G7 sammitiga 7 iyun kuni yetib keldi. Angela Merkel uni kutib olish paytida ikki davlatda ba'zi masalalarda turli fikrlilik bo‘lishiga qaramasdan, Germaniya- AQSh munosabatlari do‘stona bo‘lib qolishini aytdi.
“Katta yettilik”ning ikki kunlik sammiti Bavariyaning Elmau qasrida bo‘lib o‘tmoqda. Sammitda Germanii, AQSh, Kanada, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Buyuk Britaniya yetakchilari qatnashmoqda. Rossiya o‘zining Ukrainadagi mojarolarga munosabati tufayli deyarli guruh majlislarida ishtirok etish huquqidan mahrum etilgan.