Jahon | 11:58 / 07.06.2015
3004
1 daqiqa o‘qiladi

Sharqiy Yevropada NATOning keng miqyosli harbiy mashg‘ulotlari boshlandi

Sharqiy Yevropada NATOning "Ittifoq qalqoni" nomli seriyali harbiy mashg‘ulotlari boshladi. Bu mashg‘ulotlarda tashkilotga a'zo bo‘lgan 19 davlat hamda 3ta hamkor davlatdan 15 ming nafardan ortiq harbiy ishtirok etmoqda. Bu haqda NATO matbuot xizmatiga asoslangan holda TASS nashri xabar bergan.

"Bu mashgulotlar alyansga a'zo bo‘lgan Sharqiy va Janubiy Yevropa davlatlarning harbiy tayyorgarligini ko‘zdan kechirish maqsadida tashkil qilindi. Bu hududda xavfsizlikni ta'minlash muhim masala hisoblanadi", deyiladi xabarda.

Mashg‘ulotlar Polsha, Boltiqbo‘yi va Ruminiyada 28 iyungacha davom etishi ko‘zda tutilgan.

Bu jarayonda harakatlanish va harbiy kemalarni qo‘riqlab borish ko‘nikmalari, havo hujumidan mudofaa va aksilterror mudofaasi harakatlari, minalarni izlab topish va yo‘q qilish ko‘niklari ustida ishlanadi, shuningdek, artilleriya qurollari sinab ko‘riladi.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish