Sport | 12:22 / 07.06.2015
2447
1 daqiqa o‘qiladi

Shumaxerning o‘g‘li "Formula-4" poygalari vaqtida avariyaga uchradi

Mixael Shumaxernig o‘g‘li Mik Shumaxer "Formula-4" poygalaridagi ishtiroki chog‘ida avtohalokatga uchradi. Bu haqda Spiegel nashri xabar qilgan.

16 yoshli sportchi "Van Amersfort" jamoasi sifatida poygalarda qatnashishi paytida o‘zidan oldindagi mashinaning ortidan borib urilgan va o‘z mashinasining o‘ng qanotini pachoqlagan. Shuningdek, bolidning o‘ng tomondagi g‘ildiragi chiqib ketgan.

Shumaxer bolidni mustaqil ravishda tark etgan.

Qayd etish joiz, u test topshirish vaqtida ham avariyaga uchragandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish