Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Bibi Maryam nomidagi masjid ochildi
6 iyun kuni Suriyada musulmon dunyosini hayratga solgan voqea sodir bo‘ldi. Mamlakatning O‘rta Yer dengizi sohilida joylashgan shahri bo‘lmish Tartusda Bibi Maryam nomi bilan yangi masjid ochildi.
Suriyaning Din ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad Abdul Sattor as-Sayyodning aytishicha, Iso Masihning onasi sifatida qaraladigan Bibi Maryam nomi bilan masjid ochilishi musulmon va xristianlarning birodarligi ramzi hisoblanadi.
Tartus va Latakiya shahridagi katoliklar patriarxi Antuan Dib ham bu ish musulmonlarning bag‘rikengligi ifodasi ekanligini qayd etgan va bu ikki din bir xil maqsadni, dunyoda tinchlik bo‘lishini targ‘ib qilishini ta'kidlagan.
Tartus shahridagi bu voqeaga xalqaro kuzatuvchilar ham yaxshi baho berishgan va Suriyada hamisha ikki din vakillari do‘stona munosabatlar bilan umrguzaronlik qilib kelishganini e'tirof etishgan.
Qayd etilishicha, Suriyada fuqarolar urushi boshlanishidan oldin 2 million nasroniy yashagan va bu jami aholining 10 foizidan ortiqrog‘ini tashkil qilgan.
2014 yilning o‘rtalaridan boshlab, "IShID" terrorchilari faollashishi tufayli mamlakatni 1 millionga yaqin nasroniy tark etgan. Jangarilar shu vaqtgacha Suriyadagi 100dan ortiq ibodatxonani buzib tashlagan.