Jahon | 21:12 / 07.06.2015
1980
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi

Turkiyada parlament saylovlari uchun ochilgan saylov uchastkalarida ovozlarni qabul qilish to‘xtatildi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar bergan.

Saylov komissiyasi a'zolari ovozlarni hisoblashga kirishgan.

Qayd etilishicha, dastlabki natijalari shu kunning oxirida e'lon qilinadi.

Ma'lumot uchun, Turkiyaning 53,7 mln fuqarosi saylovlarda ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan. Ular Turkiyadagi 20ta partiya va 165ta mustaqil nomzod orasidan Turkiya parlamentining 550 a'zosini saylashlari kerak edi. Partiyalar orasida "Adolat va taraqqiyot" partiyasi, muxolif Xalq-respublika va Natsionalistik harakat partiyasi nisbatan ko‘proq ovoz olishi kutilmoqda.

 


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish