Iqtisodiyot | 18:48 / 08.06.2015
2542
1 daqiqa o‘qiladi

Abramovich bioyoqilg‘iga ko‘proq investitsiya yo‘naltiradi

Rossiyalik tijoratchi, milliarder Roman Abramovich Britaniyaning gaz va biomassadan sintetik suyuq yoqilg‘i olish bilan shug‘ullanadigan Velocys kompaniyasining eng yirik aksiyadoriga aylandi. Bu haqda The Telegraph nashri kompaniya xabarnomasiga asoslangan holda xabar bermoqda.
Milliarder kompaniyadagi ulushini Kiprdagi Ervington Investment kompaniyasi orqali 21.29 foizga ko‘paytirdi.
Velocys gaz va biomassadan dizel va aviayoqilg‘i olishi bilan mashhurdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish