Sport | 10:24 / 08.06.2015
1891
1 daqiqa o‘qiladi

Aleish Vidal "Barselona" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi

"Barselona" "Sevilya" klubi yarim himoyachisi Aleish Vidalni sotib olganini rasman e'lon qildi.

25 yoshli futbolchi bilan kelishuv besh yilga mo‘ljalangan.

"Barselona" tarkibida Vidal 2016 yilning yanvaridan keyingina debyut qilishi mumkin. Bu muddatga qadar FIFA kataloniyaliklar tarkibida yangi futbolchilar harakat qilishini taqiqlab qo‘ygan. Bu vaqtga qadar futbolchi yangi jamoansi bilan birga shug‘ullanadi.

Ma'lumot uchun, Vidal joriy mavsumda "Sevilya" tarkibida 31 uchrashuvda maydonga tushib, to‘rtta gol urgan va beshta goli uzatma amalga oshirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish