Sport | 11:30 / 08.06.2015
2052
1 daqiqa o‘qiladi

Bartomeu: Pogbani xarid qilish - asosiy maqsadlarimizdan biri

"Barselona" jamoasi prezidenti Jozep Bartomeu kataloniyaliklar "Yuventus"ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogbaga qiziqish bildirayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.

"Pogba ajoyib futbolchi. Uni jamoamizga qo‘shib olish bizning asosiy maqsadlarimizdan biriga aylangani to‘g‘ri. Bundan ortiq gap aytmoqchi emasman.

Bizga yanvar oyigacha yangi futbolchilarni o‘ynatish taqiqlangan. Shuning uchun uni sotib olish imkoniyatlarimiz haqida hech narsa deya olmayman", deydi Bartomeu.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish