Sport | 07:38 / 08.06.2015
1249
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik sportchi velotrekdagi vaqt rekordini yangiladi

Britaniyalik Bredli Uiggins velotrekdagi vaqt rekordini yangiladi.

Londondagi Olimpiya velodromi trekida u 60 daqiqa ichida 54.526 km masofani bosib o‘tdi.

Ilgarigi natija joriy yilning may oyida Aleks Dausett tomonidan o‘rnatilgan edi – Movistar jamoasi a'zosi shu vaqt ichida 52.937 km masofani bosib o‘tgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish