Sport | 10:33 / 08.06.2015
3681
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi Osiyo chempionatida yettinchi o‘rinni egalladi

Xitoyning Uxan shahrida yengil atletika bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medaliga sazovor bo‘lib, umumjamoa hisobida 7-o‘rinni egallashdi
 
Terma jamoa hisobiga oltin medallarni Svetlana Radzivil (balandlikka sakrash) va Yekaterina Voronina (yettikurash) keltirishgan, nayza uloqtirish musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bobur Shokirjonov kumush (79 m. 09 sm), 10 km. masofaga yugurish bahsida ishtirok etgan Andrey Petrov (30 daqiqa-yu 20.68 soniya) esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi. 
 
Osiyo chempionatida 15ta oltin, 13ta kumush va 13ta bronza medalini qo‘lga kiritgan Xitoy terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi, qatarlik atletlar ikkinchi (7-2-1), Hindiston vakillari esa uchinchi (4-5-4) o‘rinni band etishdi. 
 
Ushbu jadvalda Yaponiya termasi to‘rtinchi (4-3-11), bahraynliklar beshinchi (3-3-2) va nihoyat BAA atletlari oltinchi (3-1-0) o‘rinlarni band etgan. Kuchli o‘nlikdan Taypey (1-4-1, 8-o‘rin), Qozog‘iston (1-3-3, 9-o‘rin) va J.Koreya terma jamoasi (1-1-1) joy olishdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish