Sport | 15:41 / 08.06.2015
4831
1 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronalduning oyisi ma'muriy huquqbuzarlik uchun qo‘lga olindi

“Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning oyisi Dolores Aveyru Madrid aeroportida ma'muriy huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ydi, deb xabar beradi El Mundo nashri.

61 yoshli ayol mamlakatdan 55 ming yevro naqd pul olib chiqishga harakat qilgan paytda to‘xtatib qolindi.

Ispaniya qonunlariga ko‘ra, mamlakatdan olib chiqib ketiladigan mablag‘ 10 ming yevrodan oshmasligi kerak.

Portugaliyaga uchadigan samolyotga o‘tirish uchun ayol 45 ming yevroni tashlab ketishga majbur bo‘ldi. Bu pullarni qaytarish uchun ularning kelib chiqishini tushuntiruvchi hujjatlar taqdim etish talab etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish