Sport | 08:07 / 08.06.2015
1113
2 daqiqa o‘qiladi

Xemilton Kanada Gran-prisi g‘olibi bo‘ldi

“Formula-1” poygalari bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Lyuis Xemilton Monreal shahrida o‘tkazilgan Kanada Gran-prisi g‘olibiga aylandi. Kuchli uchlikdan britaniyalik poygachining jamoadoshi Niko Rosberg hamda “Uilyams” jamoasi piloti finlyandiyalik Valtteri Bottas joy oldi.

Bugunga kelib umumiy ro‘yxatda Xemilton eng yaqin ta'qibchisi Rosbergdan 17 ochkoga o‘zib ketdi. Sebastyan Fettel umumiy ro‘yxatda 3-pog‘onadan joy olgan bo‘lib, Nikodan 26 ochko ortda qolyapti.

1. Lyuis Xemilton (“Mersedes”) — 1:31:53.145

2. Niko Rosberg (“Mersedes”) +2.200

3. Valtteri Bottas (“Uilyams”) +40.600

4. Kimi Raykkonen (“Ferrari”) +45.600

5. Sebastyan Fettel (“Ferrari”) +49.900

6. Felipe Massa (“Uilyams”) +56.300

7. Pastor Maldonado (“Lotus”) +66.600

8. Niko Xyulkenberg (“Fors Indiya”) +1 aylana

9. Daniil Kvyat (“Red Bull”) +1 aylana

10. Romen Grojan (“Lotus”) +1 aylana

11. Serxio Peres (“Fors Indiya”) +1 aylana

12. Karlos Sayns (“Toro Rosso”) +1 aylana

13. Daniel Rikkardo (“Red Bull”) +1 aylana

14. Markus Eriksson (“Zauber”) +1 aylana

15. Maks Ferstappen (“Toro Rosso”) +1 aylana

16. Felipe Nasr (Zauber) +2 aylana

17. Uill Stivens (Manor) +4 aylana

TRASSADAN ChIQIB KeTGANLAR:

18. Roberto Meri (“Manor”)

19. Jyenson Batton (“Maklaren”)

20. Fernando Alonso (“Maklaren”)


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish