Jahon | 00:28 / 09.06.2015
2596
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada 16 nafar chechenistonlik muhojir hibsga olindi

Belgiyada aksilterrorchilik operatsiyasi davomida Suriyadagi ekstremistlar tomonida harbiy harakatlarda ishtirok etishda odamlarni yollash bilan bog‘liq tergov ishi doirasida 16 nafar chechenistonlik muhojir hibsga olindi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Qo‘lga olinganlar bir-biri bilan hamkorlik qiladigan ikkita turli guruhga mansub bo‘lganlar.

Qayd etilishicha, hibsga olinganlarning ko‘pchiligi Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish