Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosta "Atletiko"ga sadoqati tufayli hech qachon "Real"ga o‘tmasligini bildirdi
"Chelsi" jamoasi hujumchisi Diyego kosta o‘z nomini Madridning "Real" jamoasi bilan bog‘lashayotganiga e'tiroz bildirdi. Bu haqda Tribalfootball.com nashri xabar qilgan.
"OAVlarda tinmasdan mening "Real"ga o‘tishim mumkinligi haqida yozishayotgani yoqmayapti. Men "Atletiko"ga chin dildan sadoqat bildiraman, shu jamoa orqali o‘zimni ko‘rsata olganman va "Chelsi"ga kelganman. "Real"ga esa hamisha dushmanga qaragandek munosabatda bo‘lganman va shundayligimcha qolaman. Shuning uchun u yerda o‘ynashimni xayollaringizga ham keltirmanglar", deb ma'lum qiladi Kosta.