Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 14:53 / 09.06.2015
1661
1 daqiqa o‘qiladi
Luis Enrike «Barselona»da qolishga qaror qildi
"Barselona" klubi prezidenti Xosep Bartomeu jamoa bosh murabiyi Luis Enrike o‘z lavozimida qolishini ma'lum qildi. Bu haqda Sport nashri xabar bergan.
Xabarda aytilishicha, Bartomeu Enrike bilan bu masala xususida Berlindagi YeChL finalidagi g‘alabadan keyin Barselonaga qaytish vaqtida, samolyotda gaplashib olgan.
Luis Enrike "Barselona"ni o‘tgan yilning yozida qabul qilgan edi va u joriy mavsumda klub bilan uchta sovrinni qo‘lga kiritdi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish