Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama FIFAdagi korrupsiya mojarosiga munosabat bildirdi
AQSh prezidenti Barak Obama Germaniyada davom etayotgan G7 sammiti vaqtida Xalqaro futbol uyushmalari federatsiyasi (FIFA) dagi korrupsiya mojarosi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Bu yerda, Yevropada men o‘tkazgan suhbatlarda odamlar FIFA uchun shaffof ishlash imkoniyati favqulodda ahamiyatga egaligini aytishdi. Futbol nafaqat o‘yin, balki yirik biznes, milliy g‘urur manbasi hamdir. Futbol AQShda ham ommalashmoqda va Vashington federatsiya to‘g‘ri ishlashiga istaydi», dedi Obama.
Eslatib o‘tamiz, 27 may kuni AQSh bosh prokurori Loretta Linch FIFA korrupsiya mojarosidagi olti ayblanuvchi 24 yil ichida jami 150 million dollar pora olganini ma'lum qilgan edi. O‘sha kuni Tsyurixda FIFAning qator amaldorlari qo‘lga olingan bo‘lib, hozirda AQShga ekstraditsiyasini kutmoqda.