O‘zbekiston | 22:43 / 09.06.2015
1492
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Latviya madaniy hamkorligi bo‘yicha shartnoma imzolandi

9 iyun kuni Madaniyat va sport ishlari vazirligi rahbariyati Latviya Respublikasi Madaniyat vaziri Datse Melbarde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Joriy yilning 8-11iyun kunlari Latviya Respublikasi Madaniyat vaziri Datse Melbarde boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrifi dasturi doirasida 9 iyun kuni Madaniyat va sport ishlari vaziri B.Axmedov bilan uchrashdi. 
Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama madaniy aloqalarning bugungi holati va istiqboldagi rejalar xususida kelishib olindi. 
Shuningdek, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi va Ya.Vitola nomidagi Latviya musiqa akademiyasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi.
D.Melbarde o‘z tashrifi doirasida latviyalik matolar bo‘yicha rassom I.Vetsenanening ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdi. 
Mehmon 10 iyun kuni Nukus shahriga tashrif buyurib, u yerda latviyalik rassom V.Bushsaning ko‘rgazmasida ishtirok etishi rejalashtirilgan. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish