Iqtisodiyot | 15:33 / 09.06.2015
1590
2 daqiqa o‘qiladi

Qatar Gongkongdagi elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi kompaniyada ulushga ega bo‘ladi

Qatar davlat investitsiya jamg‘armasi Power Assets Holdings tomonidan boshqariluvchi elektr quvvati ishlab chiqaruvchi kompaniyadan ulush sotib olish uchun 9.3 mlrd Gongkong dollari (1.2 mlrd AQSh dollari) ajratadi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Qatar Investment Authority umumiy hisobda HK Electric Investments & HK Electric Investments Ltd. Kompaniyasining 19.9 foizini, Power Assets’ning 16.53 foizini va Cheung Kong Infrastructure Holdings’ning 3.37 foizini xarid qiladi. Bularning bari gongkonglik milliarder Li Kashinga tegishli.

Shu bilan birga Power Assets Gongkongdagi 568 ming uyni elektr quvvati bilan ta'minlab kelayotgan kompaniya aksiyalarining nazorat paketini saqlab qoladi. Ayni paytda, ulushining bir qismini sotish unga yangi aktivlar sotib olishga mablag‘ topish imkonini beradi.

Qatar davlat investitsiya jamg‘armasi keyingi besh yil davomida Osiyoga 20 mlrd dollar yo‘naltirishini ma'lum qilgan edi. Bundan tashqari, u Pekin va Nyu-Dehlida o‘z vakolatxonalarini ochmoqchi. O‘tgan oyning noyabr oyida esa jamg‘arma Xitoyning Citic Group korporatsiyasi bilan birgalikda mintaqada operatsiyalarni amalga oshiruvchi investitsion kompaniya tashkil etishini ma'lum qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish