O‘zbekiston | 13:47 / 09.06.2015
2176
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Samsung servis akademiyasi tashkil etiladi

Toshkentda Samsung servis akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda soha mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida ma'lum qilindi.
Mintaqada servis akademiyalari tarmog‘ining tashkil etilishi tashabbusi Samsung ElectronicsCentral Eurasia’ga tegishli. Uning mintaqaviy ofisi Olma-Ota shahrida joylashgan. Servis akademiyalari yaratish bo‘yicha dastlabki loyiha 2015 yilning martida aynan o‘sha shaharda amalga oshirila boshlandi. U universitet darajasiga va innovatsion maqomga ega bo‘ladi.

Samsung ElectronicsCentral Eurasia Toshkent axborot texnologiyalar kasb-hunar kolleji bilan hamkorlikda kompleksni jihozlash, yangi o‘quv modullarini ishlab chiqish va joriy qilish ishlarini amalga oshiradi.
Kollej ikki mutaxassislik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni boshlaydi: Samsung mobil uskunalari va raqamli televizorlarini ta'mirlash va xizmat ko‘rsatish.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish