Sport | 18:25 / 09.06.2015
1543
1 daqiqa o‘qiladi

«Yuventus» Sami Xedira bilan 4 yillik shartnoma imzoladi

Italiyaning «Yuventus» klubi «Real» va Germaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Sami Xedirani o‘z safiga qo‘shib qoldi.

Klub rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko‘ra, madridliklar bilan shartnomasi nihoyasiga yetgan futbolchi 2019 yilning 30 iyuniga qadar turinliklar bilan shartnoma imzolagan. Shartnoma joriy yilning 1 iyulidan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, Xedira 2010 yilda «Shtutgart»dan «Real» safiga kelib qo‘shilgandi. Bu davr mobaynida 29 yoshli futbolchi ikki marta Ispaniya chempionati va kubogida, shuningdek, YeChL, Ispaniya superkubogi, Yevropa superkubogi va klublar o‘rtasidagi JChda g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Joriy mavsumda jarohati bois, ko‘plab o‘yinlarda maydonga tusha olmagan futbolchi Ispaniya chempionatining 11ta uchrashuvidagina qatnasha olgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish