Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dani Alves Messi o‘zini jamoada qolishga undaganini gapirib berdi
Kataloniyaning «Barselona» klubi himoyachisi Dani Alvesh amaldagi shartnomasini 2017 yilning yoziga qadar uzaytirgach, jamoa uning ishtirokida matbuot anjumani tashkil etdi. Alvesh anjumanda jamoada qolishi sabablari haqida gapirib o‘tdi.
«Menda biroz bo‘lsada ikkilanish holati bor edi. Biroq, yutuqlarni nishonlash davomida bildimki, bu yerdagilar meni juda qadrlashar ekan. Har kim o‘z manfaatlarini himoya qiladi. Biz klub rahbariyati bilan oxirida til topishishga muvaffaq bo‘ldik».
«Messi menga, «Dani, qol. Yana qayerda o‘zingni bu qadar yaxshi his qila olishing mumkin?» dedi. Mavsum boshida Enrike biz bu mavsumdan zavq olamiz deya ta'kidlagandi. Bu menga yoqqandi. Men Luis Enrikeda o‘zim uchun juda ko‘p narsalarni kashf qildim».
«Senga raqobat qilish uchun keladiganlarni ko‘rish yoqimli. Aleish Vidal juda ajoyib futbolchi».
«Men bu klubni juda yaxshi ko‘raman. «Barselona» menga juda ko‘p narsa berdi», deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klubning tvitterdagi rasmiy sahifasi.