Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston uchun viloyatlarni rivojlantirish dasturini tayyorladi
Yevropa Ittifoqi yaqin orada O‘zbekistonda 168 mln yevrolik viloyatlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushiradi.
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Yuriy Shterkning aytishicha, bu dastur 2020 yilgacha bosqichma-bosqich alohida bloklar bilan amalga oshiriladi.
“20 mln dollarlik birinchi blok suv zaxiralarini boshqarish tizimini yaxshilash uchun yo‘naltiriladi. U rasman kelishilgan”, deb aytdi elchi.
Yaqin orada dasturni bevosita amalga oshirishni boshlash va bu dasturga mos keluvchi viloyatlarni aniqlashga imkoniyat beruvchi kelishuvlarni imzolash kerak bo‘ladi.
Shterkning aytishicha, viloyatlarda o‘rta va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan keyingi segmentni tayyorlash ishlari boshlangan.
“Bir necha yil davomida yiliga o‘rtacha 20-25 mln yevroni tasdiqlab, hamkorlikning aniq shakllarini aniqlashtirib olishimiz kerak bo‘ladi. Boshqa yo‘nalishlar kasb-hunar ta'limi va qishloq xo‘jaligining ekologik ko‘rinishlarini rivojlantirishni qamrab oladi”, deb aytdi Shterk.