Sport | 15:20 / 10.06.2015
1361
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari majlisi iyul oyida bo‘lib o‘tadi

FIFA ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari majlisi iyul oyida bo‘lib o‘tadi, deb xabar berilmoqda tashkilot bergan matbuot bayonotida.

Avvalroq FIFA prezidenti lavozimiga saylovlar 16 dekabr kuni bo‘lib o‘tishi ma'lum qilingandi.

27 mayda Tsyurixda FIFAning bir qator yuqori lavozimli amaldorlari hibsga olingan edi. 2 iyunda endigina 5-muddatga qayta saylangan FIFA rahbari Yozef Blatter o‘z lavozimini tark etdi, biroq u yangi prezident saylangunga qadar o‘z lavozimini egallab turadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish