Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 14:17 / 10.06.2015
1913
1 daqiqa o‘qiladi
HSBC 50 ming nafar xodimini ishdan bo‘shatadi
HSBC Holdings deyarli 50 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda. Bunga ushbu bank guruhida qayta qurish dasturi joriy etilayotgani sabab bo‘lmoqda.
Ma'lumot uchun, bu holat kompaniyada moliyaviy muammo tufayli ikkinchi marta keng ko‘lamli qisqartirishlar amalga oshirilishi bo‘ladi.
Xabarda aytilishicha, rejaga ko‘ra asosan Braziliya va Turkiyadagi bo‘limlarning xodimlari ishdan bo‘shatiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish