Jahon | 12:39 / 10.06.2015
2206
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Upanishaddan iqtibos keltirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonada bo‘lib o‘tayotgan jahon va an'anaviy dinlar yetakchilarining beshinchi s'yezdidagi chiqishida barcha dinlarning umumiy jihatlarini topishga harakat qilib, jarayonda hind diniy kitoblari majmuasi bo‘lmish Upanishaddan iqtibos keltirdi.
U barcha dinlar bosiqlikka, bag‘rikenglikka, kuch ishlatmaslik va murosaga chaqirishini ta'kidlab o‘tdi:
“Insonni o‘ldirish insoniyatni o‘ldirish bilan barobardir, deyiladi muqaddas Qur'onda. Yangi Ahdda ham shunday chaqiriqlar bor. Qadimgi hind Upanishadlari ham insonlarni o‘z xatti-harakatlari uchun javobgarlikka chaqiradi. O‘t uzib olinganda butun dunyo sapchib tushadi, deyiladi unda. Haqiqiy iymon insonlarni muhabbatga, hamdardlikka va ezgulikka undaydi”, – ta'kidlab o‘tdi mamlakat yetakchisi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish