Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iqtisodiyot | 10:43 / 10.06.2015
1795
1 daqiqa o‘qiladi
Oq uyning sobiq matbuot kotiblaridan biri McDonald's kompaniyasida ish boshladi
Oq uyning sobiq bosh kotiblaridan biri Robert Gibbs McDonald's kompaniyasida jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i sifatida ish boshladi. Bu haqda Assosheyted Press nashri xabar bergan.
Unga kompaniya restoranlarining imijini yaxshilash va jamoatchilik bilan aloqalar sohasida ish olib borish vazifasi yuklatilgan.
Ma'lumot uchun, Gibbs Oq uyda Barak Obamaning birinchi prezidentlik davrida matbuot kotibi sifatida ishlagan, undan oldinroq uning saylovoldi kampaniyasiga boshchilik qilgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish