O‘zbekiston | 20:38 / 10.06.2015
2278
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda aholini suv bilan ta'minlashga 1.25 mlrd dollar yo‘naltiriladi

O‘zbekistonning qishloq va shaharlarini ichimlik suvi bilan ta'minlashni yanada yaxshilash maqsadida 2015-2019 yillar davomida 432.8 mln dollar qiymatga ega loyihalar amalga oshiriladi. Bu mablag‘ yordamida amalga oshiriladigan suv tozalash va yetkazish tarmoqlari va tizimlarini ta'mirdan chiqarish ishlari 500 ming o‘y xo‘jaliklarining suv bilan ta'minlanishini yaxshilashga imkon beradi.

Bundan tashqari, 2015-2018 yillarda ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish dasturi doirasida 30dan ortiq loyihalar doirasida xalqaro moliyaviy institutlardan 817.7 mln dollar mablag‘ jalb qilinadi. Irrigatsiya va drenaj bo‘yicha xalqaro komissiya a'zosi bo‘lgan O‘zbekiston ushbu mablag‘lar hisobiga bir qancha viloyatlarda gidroinshootlar rekonstruksiyasini amalga oshiradi. Jahon banki bilan hamkorlikda realizatsiya qilinadigan loyihalar qatorida Sirdaryo tumanidagi besh tuman markazida olib boriladigan ta'mirlash va modernizatsiya ishlarini keltirish mumkin.

Bundan tashqari, “O‘zbekiston” axborot agentligining ma'lum qilishicha, Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida Qo‘qon va Andijon shaharlarida suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish hamda Farg‘ona, Marg‘ilon va Rishton shaharlarida suv ta'minoti tizimlarini ta'mirlash loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaga muvofiq ushbu shaharlarda 55 km uzunlikdagi suv quvurlari qayta tiklanadi, 68 quduq va 4 suv inshooti ta'mirlanadi. Suv iste'molchilarga xavfsiz va ekologik toza kanallar orqali yetkazib beriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish