O‘zbekiston | 17:26 / 10.06.2015
3384
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda ilk onlayn-radio o‘z efirlarini boshladi

ZiyoNET resurs markazi hamda UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi hamkorlikda ZNFM onlayn radiosini tashkil qildi. Mazkur radioning bugun o‘zining dastlabki eshittirishlarini boshlaydi.

uRadio.uz loyihasi O‘zbekistondagi Internet tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatuvchi ilk mustaqil FM-to‘lqinli onlayn radio sanaladi. uRadio ikki tilda ZNFM va GOVUZFM ko‘rinishida o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.

ZNFM radiosi keng auditoriya uchun mo‘ljallangan bo‘lib uning dasturlarida audiokutubxona, ZiyoNET, AKT va madaniyat yangiliklari, ingliz tili saboqlari kabi bir qator dasturlarni o‘z ichiga oladi.

Radioefir vaqti kun davomida uzluksiz faoliyati ko‘rsatadi. Soat 18:00dan 09:00gacha audionkitoblar va audioertaklar o‘qib eshittiriladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish