Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Radisson Blu Hotel Beeline Business bilan hamkorlikni rivojlantirmoqda
Beeline aloqa operatori Beeline Business va Radisson Blu Hotel mehmonxonasi o‘rtasida hamkorlikning kengaytirilishi haqida xabar berdi.
«Biz Beeline bilan 2013 yildan beri hamkorlikni amalga oshirmoqdamiz. Joriy yilda xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasiga hamda bozor innovatsion yetakchisi maqomiga qiziqish bildirgan holda, biz o‘z kelishuvlarimizni kengaytirdik», – deb izoh beradi Radisson Blu Hotel bosh menejyeri Axmet Dogangun.
Yangi kelishuvlar doirasida uyali va qaydlangan aloqaning raqamli hajmi ahamiyatli ravishda ko‘paytirildi.
«Biz xizmatlarimizning sifatiga hamda ishonchliligiga juda katta e'tibor qaratamiz va quvonch bilan shuni ta'kidlab o‘tamizki, turli sohalar va yo‘nalishlarni taqdim qiladigan kompaniyalarning aksariyati Beeline Business`ni afzal ko‘rmoqdalar. Radisson bilan bizni mustahkam sheriklik munosabatlari bog‘lab turibdi. Biz aloqalarning kelgusida yana rivojlanishiga ishonch bildiramiz», deydi Unitel`ning tijorat direktori Maksim Yefremov.