Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vengriya elchisi Toshkentda diplomatik vakolatxona ochilishi haqidagi fikrlarini bildirdi
2015 yilning 7 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Vengriyaning yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Yanosh Ballani qabul qilgandi.
Elchi mazkur uchrashuv tafsilotlari, ikkala davlat o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalar, kelgusidagi hamkorlik rejalari borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«So‘nggi yillarda Vengriya-O‘zbekiston munosabatlarida ijobiy siljishlar kuzatilganini qayd etib o‘tish joiz. 2014 yilda Budapeshtda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning o‘zaro ikkinchi yig‘ilishi davomida bir qator muhim muhim hujjatlar imzolandi. Umuman olganda, Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasidagi geografik masofaga qaramasdan, ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy, gumantira va boshqa sohalardagi yaqin hamkorlikni rivojlantirdi».
«Hozirda Vengriya «Sharq yo‘l ochilishi» strategiyasini amalga oshirmoqda. Bu tinchlik va barqarorlik hukm surayotgan, iqtisodiy o‘sish surati yuqori, xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan davlatlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni nazarda tutadi. Biz O‘zbekistonni aynan shunday va Markaziy Osiyodagi eng muhim hamkor mamlakat sifatida ko‘rmoqdamiz.
«Ayni paytda O‘zbekiston faol tashqi siyosat yuritmoqda va dunyoning yetakchi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni saqlab kelmoqda. Bundan tashqari O‘zbekiston mintaqaviy va global xavfsizlikni ta'minlash, jumladan Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish bilan bog‘liq muhim tashabbuslarni birinchi qatorga qo‘ygan».
«Toshkentda Vengriya elchixonasiningi ochilishi ikki tomonlama munosabatlar tarixidagi muhim voqelik bo‘ldi. Bu nafaqat bizning mamlakatni O‘zbekison va Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin munosabatda bo‘lishimizni ta'minlaydi, balki O‘zbekistonning Yevropa mamlakatlari bilan o‘zaro hamkorlikni kengaytirishga yordam beradi deb umid qilamiz», deya Elchining so‘zlaridan iqtibos keltiradi «Jahon» AA.