Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:38 / 11.06.2015
1370
1 daqiqa o‘qiladi
Bangladeshda bortida yuz nafar yo‘lovchi bo‘lgan kema cho‘kib ketdi
Bangladeshning janubidagi Megxna daryosida trauler ag‘darilgan va suv ostiga g‘arq bo‘lgan.
Bdnews24.com portalining yozishicha, kema bortida 100dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning aksariyat qismi qutqarib olingan. Bu ishda politsiyaga baliqchilar yordam bergan.
Besh kishi halok bo‘lgan, ulardan biri yosh bola. Yana 20 kishi dom-daraksiz ketgan.
Manpura shahriga ketayotgan trauler mahalliy vaqt bilan soat 10:00da Kalataladan yo‘lga chiqqan. Oradan yarim soat o‘tib, halokat sodir bo‘lgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish