Sport | 15:52 / 11.06.2015
1546
1 daqiqa o‘qiladi

Dani Alves jarohatlangan Daniloning o‘rniga Amerika kubogida ishtirok etadi

Braziliya terma jamoasi himoyachisi Danilo jarohati tufayli Amerika Kubogida qatnashmaydigan bo‘ldi. Futbolchi Meksikaga qarshi o‘yinda to‘pig‘idan jarohat olgan.

Uning o‘rniga terma jamoaga “Barselona” himoyachisi Dani Alves chaqirildi.

Chilida bo‘lib o‘tadigan Amerika Kubogi musobaqasida braziliyaliklar guruhdagi ilk o‘yinini 14 iyun kuni Peru termasiga qarshi o‘tkazishadi. Braziliyaning guruhidan, shuningdek,  Kolumbiya va Venesuela termalari ham joy olishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish