Sport | 13:26 / 11.06.2015
2243
1 daqiqa o‘qiladi

FIFA 2018 yilgi Jahon chempionatining Rossiyadan Qatarga ko‘chirilishi haqidagi axborotni inkor qildi

2018 yilgi Jahon chempionatini Rossiyadan Qatarga ko‘chirishdan iborat zaxira rejasining ishlab chiqilgani to‘g‘risida tarqatilgan axborot haqiqatga mos kelmaydi. Bu haqda FIFA rasmiylar TASS agentligiga ma'lumot berdi.
Chorshanba kuni Ispaniyaning As nashri mundialning tezkor tartibda Qatarga ko‘chirilishi mumkinligi haqida yozgan edi. Bu axborot boshqa nashrlarda ham takrorlandi. Ammo FIFA matbuot xizmati bunday gap-so‘zlarni inkor qildi.
2018 yilgi Jahon chempionati o‘yinlari 14 iyundan 15 iyulga qadar Rossiyaning 11 shahrida (Moskva, Sankt-Peterburg, Qozon, Nijniy Novgorod, Saransk, Kaliningrad, Volgograd, Yekaterinburg, Samara, Sochi va Rostov-na-Donu) joylashgan 12 stadionda o‘tkaziladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish