Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sport | 10:11 / 11.06.2015
2139
1 daqiqa o‘qiladi
Luka Toni "Verona" bilan shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi
"Verona" hujumchisi Luka Toni jamoa bilan shatnomasini yangiladi.
Jamoa rasmiy saytida yozilishicha, 38 yoshli ishbu hujumchi yana bir yil davomida, 2016 yilning yozigacha "Verona" sharafini himoya qiladi.
Ma'lumot uchun, yakunlangan mavsumda ushbu futbolchi veronaliklar uchun 38 o‘yinda maydonga tushib, 22 gol urgan hamda Mauro ikardi bilan birgalikda A seriyaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.