Sport | 20:41 / 11.06.2015
2501
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘z maydonidagi o‘rtoqlik o‘chrashuvida Erondan mag‘lubiyatga uchradi

11 iyun kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Eron milliy terma jamoasiga qarshi bahs olib borib, kichik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Eron terma jamoasi futbochisi Mehdi To‘robiy o‘yinning so‘nggi daqiqalarida gol urib, jamoasining g‘alabasini ta'minladi.

O‘zbekiston terma jamoasi endi 16 iyun kuni safarda KXDR termasiga qarshi rasmiy o‘yinda maydonga tushadi.

O‘zbekiston – Eron 0:1 
Gol: Mehdi To‘robiy (90+2)
O‘zbekiston: I.Nesterov, A.Ismoilov, Sh.Mullajonov, V.Denisov, Sh.Muhammadiyev, I.Aliboyev, O.Ahmedov, A.Haydarov, S.Rashidov, Z.Qo‘ziboyev, I.Sergeyev.
Eron: Alirizo Hagigiy, Ehson Hojisafiy, Voriya G‘ofuriy, Pejmon Muntazariy,  Muhammad Husayni Xoni-Zodogon, Sayid Izzatullohiy, Andranik Teymuryan, Mas'ud Shojaiy, Vohid Amiriy, Mehdi To‘robiy, Rizo G‘uchanijod.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish