O‘zbekiston | 21:21 / 11.06.2015
1921
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar munosabatlar muhokama etildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 11 iyun kuni Germaniya elchisi Naytxart Xyofer-Vissing bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida fan va ta'lim sohalaridagi hamkorlik nuqtai nazaridan O‘zbekiston-Germaniya madaniy-gumanitar munosabatlarining amaliy masalalari ko‘rib chiqildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish