Jahon | 08:13 / 11.06.2015
2924
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Rim papasi umuminsoniy qadriyatlar haqida suhbatlashishdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zining Vatikanga tashrifi davomida Rim papasi Frantsisk bilan birga umuminsoniy va insonparvarlik qadriyatlari haqida suhbat qurishdi. Bu haqda Putin matbuot kotibi Dmitriy Peskovga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

“Rimda Putin papa bilan sermazmun, batafsil suhbat kurdi. Suhbat 1 soatdan ko‘proq davom etdi. Ular dunyodagi joriy vaziyat, tabiiyki, Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishdi, pravoslav va katolik dunyoni hamda boshqa dinlarni birlashtirib turuvchi umuminsoniy va insonparvarlik qadriyatlari haqida suhbatlashishdi”, deb aytdi Peskov.

Peskovning aytishicha, Rossiya yetakchisi pontifik bilan shuningdek Yaqin Sharqdagi, xususan Suriyadagi nasroniylarning holati haqida ham suhbatlashdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish