Jamiyat | 12:57 / 11.06.2015
2505
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ikki mushtumzo‘r kirakashni do‘pposladi

Toshkent shahrida ikki zo‘ravon ularni olib ketayotgan kirakashni kaltaklab, mashina hujjatlarini olib qochib ketishdi. Bu haqda “Ogoh” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, 30 yoshli Normat va 23 yoshli Akbar asli surxondaryolik bo‘lib, o‘z qishloqlarida ham mushtumzo‘r sifatida “tanilgan”. Ular poytaxt shaharga tashrif buyurib, Lacetti rusumli mashinani to‘xtatishgan va ularni manzilga tashlab qo‘yishni iltimos qilishgan. Ancha kech tushgani bois kirakash ularni mahalla ichiga tashlab qo‘yishga rozi bo‘lgan.
Ammo surxondaryolik yigitlar unga haqoratomuz gaplar aytib, so‘ng kaltaklashga tushishgan. So‘ng avtomashinaning texnik hujjatini olib voqea joyidan ketishgan.
Haydovchining arizasiga muvofiq ikki zo‘ravon qo‘lga olinib, jazoga tortildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish