Sport | 06:57 / 12.06.2015
1897
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika Kubogining ochilish o‘yinida Chili Ekvadorni 2:0 hisobida mag‘lub etdi

12 iyun kuni, Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da Chili poytaxti Santyago shahridagi "Estadio Nasonal`" o‘yingohida 2015 yilgi Amerika kubogining ochilish o‘yini o‘tkazildi. Unda "A" guruhi favoriti bo‘lgan mezbonlar Ekvadorni sinovdan o‘tkazdi.
 
O‘yinning 67 daqiqasida Arturo Vidal o‘ziga ishlatilgan qo‘pollikdan keyin belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi. 84 daqiqada esa Aleksis Sanchesning pasini Vargas golga aylantirib, o‘yindagi yakuniy 2:0 hisobini o‘rnatdi. O‘yin oxirida 68 daqiqada zaxiradan Valdiviya o‘rniga maydonga tushgan chililik futbolchi Fernandes qizil kartochka olib maydonni tark etdi.
 
Bu g‘alabadan keyin Chili "A" guruhida yaqqol yetakchiga aylandi. Guruhning ikkinchi o‘yini 13 iyun kuniga belgilangan va unda Meksika termasi Ekvadorga qarshi maydonga tushadi.
 

Chili: Klaudio Bravo, Euxenio Mena, Maurisio Isla, Aleksis Sanches, Arturo Vidal, Xorxe Valdiviya (Matias Fernandes 68), Jan Bosejur (Eduardo Vargas 46), Gari Medel, Gonsalo Xara, Charles Arangis (David Pisarro 85), Marselo Dias

Ekvador: Aleshander Dominges, Frikson Eraso, Xuan Karlos Paredes, Kristian Noboa, Djyefferson Montero, Miller Bolanos, Fidel Martines (Renato Aleks Ibarra 79), Valter Ayovi, Enner Valensiya, Osbaldo Lastra (Pedro Kinones 68), Gabriel Achiler

Ogohlantirishlar: Gonsalo Xara 32, Matias Fernandes 74, Matias Fernandes 90+3 - Fidel Martines 24, Osbaldo Lastra 42
Chetlatish: Matias Fernandes 90+3

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish