Sport | 09:41 / 12.06.2015
2385
1 daqiqa o‘qiladi

Badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi birinchilikni qo‘lga kiritdi

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Janubiy Koreyada o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Jamoaviy musobaqalarda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Yelizaveta Nazarenkova, Anastasiya Serdyukova va Anora Davlyatova eng ko‘p ball jamg‘arib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Mazkur musobaqada mezbonlar ikkinchi, Qozog‘iston terma jamoasi a'zolari uchinchi o‘rinni egallashdi. 

Guruh bahslarining ko‘pkurash musobaqalarida ishtirok etgan Luiza Ganiyeva, Marta Rostoburova, Zarina Kurbanova, Valeriya Davidova hamda Samira Amirovadan iborat terma jamoa bronza medali sohibi bo‘lishdi.

Ushbu musobaqada xitoyliklar oltin, Yaponiya terma jamoasi esa kumush medalga sazovor bo‘ldi.


Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish