Jahon | 15:43 / 12.06.2015
1191
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya Gretsiyaning qarzdorligi bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunker Gretsiyaning qarzdorligi bo‘yicha muzokaralar boshqatdan boshlanishini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Muzokaralar yana boshlanadi, dastlab texnik, keyin siyosiy darajada. Keyingi bir necha kun ichida murosaga kelish zarur, Gretsiyaning qadamlarini kutamiz”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
Yunkerning ma'lum qilishicha, kecha u Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras bilan suhbatlashgan va unga o‘z takliflarini bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, Gretsiyaning qarzdorligini restrukturizatsiya qilish bo‘yicha muzokaralar Xalqaro valyuta jamg‘armasi vakillari Gretsiyaning takliflarini rad qilib, Bryusseldagi muzokarani muddatdan ilgari tark etganidan so‘ng boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish