Sport | 20:01 / 12.06.2015
2536
3 daqiqa o‘qiladi

KXDRga qarshi o‘yinga olib boriladigan O‘zbekiston termasi tarkibida Qo‘ziboyev Shoahmedovga almashtirildi

O‘zbekiston terma jamoasining Shimoliy Koreyaga boradigan yakuniy tarkibi ma'lum bo‘ldi.

Jarohatlari tufayli Shimoliy Koreyaga qarshi o‘yinda terma jamoaga Server Jyeparov hamda Zoxir Qo‘ziboyev yordam bera olmaydi. Server Jyeparov milliy terma jamoa yig‘iniga qadar jarohat olgani va ushbu o‘yinda jamoaga yordam berolmasli ma'lum bo‘lib ulgurgan bo‘lsa, Qo‘ziboyev Eronga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida jarohatlandi.

Jarohatlarga qaramay milliy terma jamoa Pxenyanga to‘liq tarkib bilan uchib ketadi. Safdan chiqqan Zohir Qo‘ziboyev o‘rniga terma jamoa safiga “Lokomotiv” futbolchisi Sanjar Shoahmedov chaqirildi. Ushbu mavsumda “temiryo‘lchilar” yarim himoyachisi juda yaxshi o‘yin namoyish etmoqda va bu terma jamoa murabbiylar shtabi nazaridan chetda qolmadi.

Hozirga qadar 24 yoshli Shoahmedov milliy terma jamoaga faqat bir marta jalb etilgan. O‘tgan yili Sanjar Ummonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida o‘zining terma jamoadagi debyutini o‘tkazgandi.

Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Shimoliy Koreyaga boradigan yakuniy tarkibini keltirilgan.

Futbolchilar

Tug‘ilgan yili

Klubi

Darvozabonlar

1

Eldor Suyunov

1991

Nasaf

2

Akbar To‘rayev

1989

Bunyodkor

3

Ignatiy Nesterov

1983

Lokomotiv

Himoyachilar

4

Anzur Ismoilov

1985

Chanchun Yatay, Xitoy

5

Shavkat Mullajonov

1986

Lokomotiv

6

Shuxrat Muhammadiyev

1989

Nasaf

7

Yegor Krimets

1992

Paxtakor

8

Islom To‘xtaxo‘jayev

1989

Lokomotiv

9

Vitaliy Denisov

1987

Lokomotiv, Rossiya

10

Akmal Shoraxmedov

1986

Bunyodkor

11

Farrux Sayfiyev

1991

Nasaf

Yarim himoyachilar

     

 

12

Aziz Haydarov

1985

Ash-Shabab, BAA

13

Sanjar Shoahmedov

1990

Lokomotiv

14

Odil Ahmedov

1987

Krasnodar, Rossiya

15

Lutfulla To‘rayev

1988

Lokomotiv

16

Sanjar Tursunov

1987

Vorskla, Ukraina

17

Sardor Rashidov

1991

Bunyodkor

18

Shohrux Gadoyev

1991

Nasaf

19

Ikrom Aliboyev

1994

Lokomotiv

20

Jasur Xasanov

1983

Lokomotiv

21

Fozil Musayev

1989

Sepaxon, Eran

Hujumchilar

 

 

 

 

22

Bahodir Nasimov

1987

Padideh, Eron

23

Igor Sergeyev

1993

Paxtak

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish