Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyadagi "muqaddas tog‘"da yalang‘och holda suratga tushgan sayyohlar jazoga tortildi
Malayziyada 4 nafar sayyohga nisbatan 3 kundan qamoq jazosi tayinlandi. Bu sayyohlar Kinabala nomli tog‘ning mahalliy aholi tomonidan muqaddas qadamjo sifatida qabul qilinadigan cho‘qqisida yalang‘och holda suratga tushgani uchun jazolanishgan. Bu haqda CNN telakanali xabar bergan.
Sayyohlar orasidagi 20 yoshdan 33 yoshgacha bo‘lgan kanadalik egizaklar, gollandiyalik yigit va britaniyalik qiz 3 kundan qamoq jazosi tayinlangandi. Ularning har biri 5 ming ringgit (1300 dollar atrofida) miqdoridagi jarima to‘lashi evaziga qamoq jazosidan qutilishi mumkin bo‘ladi.
Biroz oldinroq, bu sayyohlar o‘z ishlari orqali "tog‘ ruhining g‘azabini keltirgani" va 8 iyun kuni bo‘lib o‘tgan zilzilaga sababchi bo‘lishgani uchun 3 oydan qamoqqa hukm qilinishlari haqida xabar tarqalgandi.
Qayd etish joizki, 8 iyun kuni ro‘y bergan zilzila oqibatida 16 kishi halok bo‘lgandi va 10 iyun kuni sayohatchilarning 4 nafari hibsga olingandi.