Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venada Eron masalasi bo‘yicha “Oltilik” siyosiy direktorlarining uchrashuvi boshlandi
Avstriya poytaxtida Eron yadroviy dasturi bo‘yicha xalqaro vositachilar “Oltiligi”ning siyosiy direktorlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, ushbu davlatlar delegatsiyalari matbuotga bayonot berishdan bosh tortishgan va muzokaralar zaliga yo‘l olgan.
Qoraqalpog‘istonda soxta aroq ishlab chiqaruvchi sex faoliyati fosh etildi
Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida istiqomat qiluvchi tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Komilova Yashinaning uyida soxta aroq ishlab chiqaruvchi sex faoliyati yo‘lga qo‘yilgani aniqlandi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, u qo‘lbola usulda talabga javob bermaydigan sifatsiz aroq ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan. Uning hovlisi ko‘zdan kechirilganida, sotish uchun tayyorlangan jami 10 mln 744 ming so‘mlik qo‘lbola 808.5 litr aroq, 140 litrt spirt, 1 744 dona “Qoratov” arog‘i yorliqlari, qalbaki aksiz belgilari topilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, huquqbuzar sud javobgarligiga tortilgan.